Rus tili · o'zbek tilida · A0 dan B2 gacha

Rus tilida gapira boshlang: 60 kunlik aniq reja

Bepul testda darajangizni aniqlang. Keyin har kuni bitta tayyor dars Telegramga o'zi keladi: reja sizning vaqtingiz va maqsadingizga moslanadi.

Ro'yxatdan o'tish shart emas Natija darhol 3 kunlik kafolat
Namuna savol
Я живу в Ташкенте.
Bosing va javobni ko'ring
5–7daqiqada daraja aniqlanadi
60kunlik shaxsiy reja har bosqichga
A0–B2noldan erkin suhbat ostonasigacha
3kun ichida pulni qaytarish (Разговор va Свободно)
Muammo

Ko'pchilik nega rus tilida gapira olmaydi?

1

Qayerdan boshlashni bilmaydi

Darajasini bilmaydi. YouTube'da ming xil dars bor, qaysi biri unga kerakligi noma'lum.

2

Boshlaganini davom ettirmaydi

Reja yo'q, nazorat yo'q, o'sish ko'rinmaydi. Ikki haftadan keyin tashlab qo'yadi.

3

Gapirishdan uyaladi

Tushunadi, lekin og'iz ochmaydi. Xato qilishdan qo'rqadi, mashq qiladigan joyi yo'q.

Yechim

Uch to'siq, uch yechim

Har qism bitta maqsadga ishlaydi: sizni gapirishga yaqinlashtirish.

Bilmaydi→Aniqlik

Daraja testi va shaxsiy reja

Daraja aniqlanadi, maqsad va vaqtingizga qarab yo'l chiziladi. Qayerda turganingizni va erkin gaplashishgacha qancha qolganini bilasiz.

Tashlab qo'yadi→Davomiylik

Har kuni bitta tayyor vazifa

Dars botga o'zi keladi. Har hafta mini-test, har 30 kunda qayta daraja testi: o'sish raqamda ko'rinadi.

Uyaladi→Gapirish

Birinchi kundan ovoz chiqarish

Har dars ovozli topshiriq bilan tugaydi, xatolar to'g'ri varianti bilan qaytariladi. Jonli darslarda esa haqiqiy suhbat.

Erkin gaplashishga yo'l

Har 60 kunda bir pog'ona

Har kim o'z pog'onasidan boshlaydi. Tezlik kunlik vaqtingizga bog'liq: kuniga 1 soat va jonli darslar bilan tezroq, 15 daqiqa bilan sekinroq.

A0
1-bosqich · 60 kun

Rus tilida o'qiydi, tanishadi, do'kon va taksida gaplashadi. Kirill yozuvini biladiganlar birinchi haftani 3 kunda o'tadi.

A1
2-bosqich · 60 kun

O'tgan kuni va rejalari haqida gapiradi, kundalik vaziyatlarda o'zi muloqot qiladi. Kelishiklar tizimli o'tiladi.

A2
3-bosqich · 60 kun

To'xtab qolmay gaplasha boshlaydi, fikrini asoslaydi, voqeani aytib beradi. Kelishik va fe'l turlari avtomatga aylanadi.

Erkin suhbat
Maqsad

Ishda va hayotda rus tilida bemalol gaplashasiz.

Shuning uchun har kimga shaxsiy muddat hisoblab beriladi: kunlik vaqtingiz va maqsadingizga qarab.

Qanday ishlaydi

Testdan rejagacha 10 daqiqa

1

Bepul daraja testi 5–7 daqiqa

Sizga tasodifiy tanlangan savollar, osondan qiyinga, har savolga 10–30 soniya. Natija: A0 dan B2 gacha daraja va zaif tomon.

2

4 ta savol 1 daqiqa

Nega o'rganmoqchisiz, nimaga qiynalasiz, qancha muddatda, kuniga qancha vaqt ajratasiz.

3

Shaxsiy reja darhol

Daraja va javoblaringizga mos 60 kunlik yo'l xaritasi, erkin gaplashishgacha shaxsiy muddat hisobi bilan.

4

Tarif tanlash 8 soatlik chegirma

Uch tarif. Tanlasangiz, davomi Telegram botda: natijangizni bot o'zi biladi, qayta savol yo'q.

Boshlash →
Har kungi dars

Dars botga o'zi keladi, vaqtingizga moslanadi

Har dars 6 moduldan iborat va kunlik vaqtingizga qarab (15, 30 yoki 60 daqiqa) yig'iladi.

  1. TushuntirishO'zbekcha, qoida o'zbek tili bilan solishtirib beriladi
  2. MisollarTarjimasi bilan, hayotiy vaziyatda
  3. MashqJavob darhol tekshiriladi, xatoga izoh beriladi
  4. Yangi so'zlarErtasi, 3-kun va 7-kunda qayta so'raladi
  5. DialogAudio va matn, tushunish savoli bilan
  6. GapirishOvozli xabar yuborasiz va fikr-mulohaza olasiz
7-kun
Mini-test: natijaga qarab keyingi hafta yoki takror
30 va 60-kun
Qayta daraja testi: o'sish raqamda
Tariflar

Bitta maqsad, uch xil yordam

Hammasi bepul testdan boshlanadi. Farqi: rejani bajarishda sizga kim va qancha yordam berishi.

Tariflar yuklanmoqda…
Daraja testini yechganlarga 8 soatlik chegirma beriladiChegirma natija chiqqan paytdan boshlanadi va muddati tugagach qayta berilmaydi.
Chegirmani olish →
3 kunlik kafolat3 kun ichida so'ralsa, pul qaytariladi.
Старт dan Разговор ga7 kun ichida o'tsangiz, to'langan summa hisobga olinadi.
Hammasi TelegramdaTarifni tanlaysiz, bot to'lov va darsni davom ettiradi.
Ochiq gapiramiz

Erkin gaplashishgacha qancha vaqt kerak?

"60 kunda razgovor" deb va'da qilmaymiz. 60 kun birinchi bosqich: gapira boshlaysiz, keyingi bosqichlar davom ettiradi. A2 dan erkin suhbatgacha taxminan:

Kunlik vaqtFaqat darslarJonli darslar bilan
30 daqiqa≈ 12 oy≈ 5 oy
1 soat≈ 6 oy≈ 3,5 oy
1,5 soat≈ 4 oy3 oydan kam

Hisob taxminiy. Testdan keyin sizning shaxsiy muddatingiz hisoblab beriladi.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Rus tilini umuman bilmasam ham bo'ladimi?

Ha. A0 dasturi alifbodan boshlanadi: harflar, o'qish, tanishuv, do'kon va taksi. Kirill yozuvini biladiganlar birinchi haftani 3 kunda o'tadi.

Kuniga qancha vaqt kerak?

Kuniga 15, 30 yoki 60 daqiqa: dars vaqtingizga moslanadi. Vaqtingiz qancha ko'p bo'lsa, erkin gaplashishgacha muddat shuncha qisqa.

Darslar qayerda o'tiladi?

Telegram botda. Dars belgilangan vaqtda o'zi keladi, alohida ilova yoki parol kerak emas.

Daraja testi haqiqatan bepulmi?

Ha. Test, natija va shaxsiy reja bepul. Faqat tayyor darslar va yordam (tarif) pulli.

Gapirishni kim tuzatadi?

Ovozli topshiriq ustozga yetkaziladi va fikr-mulohaza shu botda qaytariladi. Свободно tarifida haftasiga jonli darslar va Asal Muxtarovna bilan dars ham bor.

Pul qaytariladimi?

Разговор va Свободно tariflarida: ha, 3 kun ichida so'ralsa, pul qaytariladi. Старт (37 000 so'm) da qaytarish yo'q.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Tarifni tanlagach bot sizga Uzcard kartasi ma'lumotlarini yuboradi. To'lab, chekni botga yuborasiz, adminlar 24 soat ichida tekshirib, kursga kirish ochadi.

Darajangizni 5–7 daqiqada aniqlang

Bepul test, shaxsiy 60 kunlik reja va aniq muddat.

Daraja testini boshlash →