Ponyatno bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qiling
Vositachi yo'q. Biznes egasi bilan o'zingiz ishlaysiz: kontent yarating, natijangiz uchun pul oling. Shartlar ro'yxatdan o'tgach kabinetda ko'rsatiladi.
Qanday ishlaydi
Ro'yxatdan o'ting
Email va Instagram akkauntingizni kiriting. Tasdiqlash odatda 1 ish kuni.
Kabinet oching
Shartlarni ko'ring va o'zingizga mos taklifni tanlang, kartangizni kiriting.
Kontent yarating
Instagramga joylang va havolani platformaga yuboring. Moderator tekshiradi.
Pul yechib oling
Balans real vaqtda ko'rinadi. Pulni kartaga yechib olasiz.
Nega Ponyatno Creators
Vositachi yo'q
Boshqa platformalar biznes va creatorni uchrashtirib, hisobidan komissiya ushlaydi. Bizda siz Ponyatno bilan bevosita ishlaysiz.
Sodda va tez
Ro'yxat bepul, kabinet va Telegram bot bir joyda. Savol bo'lsa, yordam shu botning o'zida.
Shaffof hisob
Har bir reels, ko'rish va sotuv daftarda ko'rinadi. Nima uchun qancha yozilgani aniq.
Ko'p so'raladigan savollar
Ponyatno nima?
O'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun rus tilini o'rgatadigan online kurs: Telegram botda har kuni darslar, daraja testi va shaxsiy reja.
Qanday reels olishim kerak?
Reglamentdagi talablarga rioya qiling: o'z tajribangiz, aniq va halol taqdimot, Ponyatno ko'rsatilgan. Tasdiqlashda moderator reglamentga mosligini tekshiradi.
Pulni qachon yechib olaman?
Balans minimal summadan oshgach, kabinetdan so'rov yuborasiz. So'rovlar ish kunlari ichida to'lanadi.